Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch to`pladilar, ulardan qo`rqinglar», deganda, iymonlari ziyoda bo`ldi va: «Bizga Allohning O`zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», – dedilar. Ali 'Imran 3:173 ⧉
Tafsir:
Ularga ayrim mushriklar: "Quraysh Abu Sufyon boshchiligida sizlarni batamom yoʻq qilish uchun son-sanoqsiz lashkar toʻplagan, ehtiyot boʻlinglar, ularga qarshi bora koʻrmanglar", desalar, bu gap ularning Allohga va Allohning vadasiga boʻlgan iymonlarini ziyoda qildi. "Alloh bizga kifoya qiladi, U ishlarimizni ishonib topshirishimiz uchun naqadar yaxshi Vakil", deya dadil qadamlar ila olgʻa bordilar.