Bas, Allohning ne'mati va fazli ila ularga yomonlik yetmasdan qaytdilar va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulug` fazl egasidir. Ali 'Imran 3:174 ⧉
Tafsir:
"Hamroul-asad"dan katta savoblarga erishib qaytdilar. Darajalari yanada oshdi. Dushmandan esa hech qanday talafot koʻrmadilar. Ular Allohga itoat etish, U Zotga gunoh qilishdan tiyilish kabi Parvardigori olamni rozi qiladigan ishlar ortidan yurgandilar. Olamlar rabbisi esa moʻmin bandalariga oʻta fazlu marhamatli Zotdir.