Ular jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Payg`ambar chaqirig`iga javob beradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulug` ajrlar bordir. Ali 'Imran 3:172 ⧉
Tafsir:
Uhud jangida jarohat olganiga qaramasdan, uning ortidanoq "Hamroul-asad" gʻazoti uchun Allohning yoʻlida jang qilishga chorlanganda Alloh va rasulining farmoniga labbay, deya javob berganlar orasidagi ishni sidqidildan bajarganlar va Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilganlar uchun Parvardigori olam tarafidan buyuk ajr - jannat bordir.