Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 36 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 36 • Oʻzbekcha


فَلَمَّا وَضَعَتْهَا قَالَتْ رَبِّ إِنِّي وَضَعْتُهَا أُنْثَىٰ وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا وَضَعَتْ وَلَيْسَ الذَّكَرُ كَالْأُنْثَىٰ ۖ وَإِنِّي سَمَّيْتُهَا مَرْيَمَ وَإِنِّي أُعِيذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ 36
Tarjima:
Uni (Maryamni) tuqqan chog`ida: «Ey Robbim, men buni qiz tug`dim-ku!!» – dedi. Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va o`g`il qizdek emas. Va men unga «Maryam» deb nom qo`ydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilarman.» Oli Imron 3:36
Tafsir:
Vaqti soati yetib, koʻzi yorigach: "Parvardigoro, men qiz tugʻdim va uni Maryam, deb nomladim. Unga va uning zurriyotiga rahmatingdan quvilgan shaytondan panoh berishingni soʻrayman", dedi. Nima tuqqanini Alloh yaxshiroq biladi. Oʻgʻil kutayotgani uchun bu gapni xuddi uzr soʻragandek aytdi. Ha, u tuqqan qiz bilan u kutgan oʻgʻil quvvatda ham, xilqatda ham barobar emas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 35 Keyingi Oli Imron • Oyat 37