Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 37 • Oʻzbekcha


فَتَقَبَّلَهَا رَبُّهَا بِقَبُولٍ حَسَنٍ وَأَنْبَتَهَا نَبَاتًا حَسَنًا وَكَفَّلَهَا زَكَرِيَّا ۖ كُلَّمَا دَخَلَ عَلَيْهَا زَكَرِيَّا الْمِحْرَابَ وَجَدَ عِنْدَهَا رِزْقًا ۖ قَالَ يَا مَرْيَمُ أَنَّىٰ لَكِ هَٰذَا ۖ قَالَتْ هُوَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ ۖ إِنَّ اللَّهَ يَرْزُقُ مَنْ يَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ 37
Tarjima:
Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda go`zal o`stirdi va Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga, mehrobga kirganida, uning huzurida rizq ko`rdi. U: «Ey Maryam, senga bu qayerdan», – dedi. «Bu, Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur», – dedi. Ali 'Imran 3:37
Tafsir:
Alloh uning nazrini chiroyli qabul qildi. Uni goʻzal tarzda tarbiyaladi-oʻstirdi, solih bandalarining qalblarini unga mehribon qilib qoʻydi. Zakariyo alayhissalomga uni oʻz qaramogʻiga olishini tayinladi. Zakariyo alayhissalom uning ibodat qilib turgan joyiga kirganida bir xush rizqni-taomni koʻrib: "Maryam, bu rizq senga qayerdan keldi", dedi. Maryam shunday javob berdi: "Bu Alloh huzuridan. Alloh Oʻzi istagan bandasiga behisob moʻl rizq ato etur".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 36 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 38