O`zlaridan oldin o`tgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?! Sajda 32:26 ⧉
Tafsir:
Koʻrmayaptilarmiki, ulardan oldin qancha avlodlarni, ummatlarni halok etdik? Mana, ular oʻshalarning uy-joylarida yuribdilar-ku? Ibrat olmaydilarmi? Oʻsha avlodlarning kufru masiyatlar tufayli halokatga uchrashida Alloh tarafidan yuborilgan paygʻambarlar haq ekaniga belgilar bor. Shunday ekan, Allohning oyatlariga quloq solib, koʻzlarini ochmaydilarmi?