Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Sajda — Oyat 27 (Oʻzbekcha) — Video

Sajda • Oyat 30 dan 27 • Oʻzbekcha


أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا نَسُوقُ الْمَاءَ إِلَى الْأَرْضِ الْجُرُزِ فَنُخْرِجُ بِهِ زَرْعًا تَأْكُلُ مِنْهُ أَنْعَامُهُمْ وَأَنْفُسُهُمْ ۖ أَفَلَا يُبْصِرُونَ 27
Tarjima:
Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va o`zlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, ko`rmaydilarmi?! Sajda 32:27
Tafsir:
Qayta tirilishni yolgʻon deyayotgan anavi badbaxtlar Bizning quruq yerga suv haydab, shu bilan ularning oʻzlari ham, tuyalari, sigirlari, qoʻylari ham ozuqalanadigan oʻsimliklarni chiqarib qoʻyganimizni koʻrmaydilarmi? Koʻzlarini ochmaydilarmi? Quruq yerga jon ato etgan Zot oʻliklarni qayta tiriltira oladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Sajda • Oyat 26 Keyingi Sajda • Oyat 28