Albatta, Robbing O`zi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari to`g`risida ajrim qilur. As-Sajdah 32:25 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ular shu dunyoda qanday ishlarda ixtilof qilgan boʻlsalar, Qiyomat kuni Parvardigoringizning Oʻzi oʻshalarni ajrim qiladi. Haqning haqligini, botilning botilligini aniqlab, hammasiga jazo yoki mukofotini beradi.