Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar. As-Sajdah 32:24 ⧉
Tafsir:
Bani Isroil Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish hamda davat yoʻlidagi mashaqqatlarga sabr qilgach, ular orasidan Bizning iznimiz va qoʻllovimiz ila odamlarni haq yoʻlga boshlaydigan peshvolarni yetishtirib chiqardik. Ular paygʻambarlariga nozil qilingan Allohning oyatlarini qatiy tasdiqlardilar, ularga aniq ishonardilar.