Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahzab — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahzab • Oyat 73 dan 20 • Oʻzbekcha


يَحْسَبُونَ الْأَحْزَابَ لَمْ يَذْهَبُوا ۖ وَإِنْ يَأْتِ الْأَحْزَابُ يَوَدُّوا لَوْ أَنَّهُمْ بَادُونَ فِي الْأَعْرَابِ يَسْأَلُونَ عَنْ أَنْبَائِكُمْ ۖ وَلَوْ كَانُوا فِيكُمْ مَا قَاتَلُوا إِلَّا قَلِيلًا 20
Tarjima:
Ular ahzoblarni ketmagan deb hisoblarlar. Agar ahzoblar yana kelsalar, ular a'robiylar ichida, cho`lda bo`lib, sizning xabaringizni so`rab turishni orzu qilurlar. Agar sizning ichingizda bo`lganlarida ham, kamdan-kam jang qilgan bo`lur edilar. Al-Ahzab 33:20
Tafsir:
Bu qoʻrqoqlar Paygʻambar alayhissalomga qarshi jang qilish uchun kelgan firqalar hali ketmagan, ular to moʻminlarni qirib tashlamaguncha ketmaydilar, deb oʻylaydilar. Agar oʻsha firqalar yana bir marta qaytib kelishga qodir boʻlsalar, anavi munofiqlar Madinadan chiqib, sahroyi arablarga qoʻshilib, sizlar haqingizdagi xabarlardan ogoh boʻlib turishni istaydilar. Ey moʻminlar, ular sizlar bilan birga boʻlgan taqdirda ham koʻp jang qilmaydilar. Shunday boʻlgach, ularga parvo qilmanglar, ular uchun afsuslanmanglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahzab • Oyat 19 Keyingi Al-Ahzab • Oyat 21