Batahqiq, sizlar uchun, Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo`lganlar uchun va Allohni ko`p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go`zal o`rnak bor edi. Al-Ahzab 33:21 ⧉
Tafsir:
Sizlar uchun Paygʻambar alayhissolatu vassalomning har bir aytgan gapida, qilgan ishida goʻzal namuna bordir. Axir u zotning oʻzlari kelib, jangda qatnashmadilarmi? Shundan keyin ham joningizni ayaysizlarmi? Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlgan hamda Allohni koʻp eslaydigan zotlargina Paygʻambar alayhissalomdan oʻrnak ola biladilar. Allohni eslamaydigan va U Zotdan umidvor boʻlmaganlar uchun esa Paygʻambar alayhissolatu vassalom namuna boʻlmaydi.