Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahzob — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Ahzob • Oyat 73 dan 19 • Oʻzbekcha


أَشِحَّةً عَلَيْكُمْ ۖ فَإِذَا جَاءَ الْخَوْفُ رَأَيْتَهُمْ يَنْظُرُونَ إِلَيْكَ تَدُورُ أَعْيُنُهُمْ كَالَّذِي يُغْشَىٰ عَلَيْهِ مِنَ الْمَوْتِ ۖ فَإِذَا ذَهَبَ الْخَوْفُ سَلَقُوكُمْ بِأَلْسِنَةٍ حِدَادٍ أَشِحَّةً عَلَى الْخَيْرِ ۚ أُولَٰئِكَ لَمْ يُؤْمِنُوا فَأَحْبَطَ اللَّهُ أَعْمَالَهُمْ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرًا 19
Tarjima:
Sizlarga nisbatan baxillik qilgan hollarida (kelurlar). Bas, xavf kelgan chog`da ularning senga o`lim talvasasidagi kishiga o`xshab, ko`zlari aylanib nazar solishlarini ko`rursan. Bas, xavf ketganda esa, yaxshilikka ochko`zlik qilib, sizlarga o`tkir tillar ila ozor berurlar. Ana o`shalar, iymon keltirmaganlardir. Bas, Alloh amallarini behuda ketkazdi. Bu esa, Alloh uchun oson edi. Ahzob 33:19
Tafsir:
Ey moʻminlar, ular sizlardan mol-dunyolarini ham, jonlarini ham qizgʻanadilar. Sizlar uchun pul sarflashni ham, sizlarga qoʻshilib jang qilishni ham istamaydilar. Ular sizlarga doʻst emaslar. Ey Paygʻambar, ular dushmanga roʻbaroʻ kelganlarida xavf tugʻilsa, koʻzlari xuddi oʻlayotgan odamning koʻzidek olazarak boʻlib qoladi. Xavf bartaraf boʻlganidan keyin esa sizlarni zaharli tillari bilan chaqib oladilar. Oʻljaga oʻch boʻladilar. Ular chin moʻmin emaslar. Shuning uchun Alloh ularning amallariga beriladigan savobni bekor qiladi. Bu ish Allohga oson.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahzob • Oyat 18 Keyingi Ahzob • Oyat 20