Batahqiq, Alloh ichingizdagi (jiddu jahdga) to`siqlik qilguvchilarni ham va o`z birodarlariga: «Biz tomon keling», deyuvchilarni ham bilur. Ular jangga kelmaslar, illo, ozgina kelurlar. Al-Ahzab 33:18 ⧉
Tafsir:
Alloh orangizdagi Paygʻambar tarafida turib jang qilishdan qaytarib, sheriklariga: "Biz tomonga oʻtinglar, jang qilmanglar, qatl qilinishingizdan xavotirdamiz", deydigan kimsalarni yaxshi biladi. Bu sharmandalar jangda qatnashmaydilar. Qatnashsalar ham Alloh.va Paygʻambarga yordam berish uchun emas, oʻz obroʻlarini saqlab qolish uchun goh-gohida qatnashib qoʻyadilar.