Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi bo`lmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qo`yib yuborguvchi bo`lmas. U zot Aziyzu Hakiymdir. Fatir 35:2 ⧉
Tafsir:
Hamma narsaning kalitlari Allohning qoʻlidadir. U insonlarga rizq, hidoyat, saodat kabi biron eshikni ochsa, biron kimsa uni yopib qoʻya olmas. Shulardan qaysi birini yopib qoʻysa, biron kimsa uni ocha olmas. U hammadan gʻolib azizdir hamda har bir yaratishini, taqdirini va tadbirini bir hikmat bilan qiladigan hakimdir.