Hamdu sano osmonlaru yerni yo`qdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, to`rt qanotli elchilar qilgan Allohga bo`lsin. U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. Fatir 35:1 ⧉
Tafsir:
Hamd osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan, farishtalarni elchilar aylagan Allohnikidir. Elchi farishtalar U Zotning qadarga oid buyruqlarini ham, paygʻambarlarga vahiy olib kelish kabi farmonlarini ham soʻzsiz bajaradilar. Oʻz vazifalarini ado eta olishlari uchun ularga qanotlar ato etgan. Ayrimlari ikki qanotli, boshqalari uch qanotli, yana bazilari esa toʻrt (bazilari undan ham koʻp) qanotli boʻladilar. Allohning buyruqlarini bajarish uchun uchib yuradilar. Alloh yaratish bobida azo, husn, ovoz kabi Oʻzi istagan narsani ziyoda qiladi. Alloh har narsaga Qodir. Uning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq.