Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fatir — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Fatir • Oyat 45 dan 3 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا النَّاسُ اذْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ هَلْ مِنْ خَالِقٍ غَيْرُ اللَّهِ يَرْزُقُكُمْ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ ۚ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ 3
Tarjima:
Ey odamlar! Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon ketmoqdasiz?! Fatir 35:3
Tafsir:
Ey insonlar, Allohning sizlarga ato etgan nematini dilingiz bilan ham, tilingiz bilan ham, boshqa azolaringiz bilan ham eslanglar. Sizlarga osmondan yomgʻir yogʻdirib, yerdan ekinlaru mevalar undirib, rizq beradigan boshqa biron yaratuvchi bormi? Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Mana shundan keyin ham qanday qilib, haqdan yuz oʻgirib, Allohga tuhmatlar qilib, Uning sheriklari bor, deb aytasizlar-a?! Axir sizlarni yaratgan ham, sizlarga rizq bergan ham U emasmi?!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fatir • Oyat 2 Keyingi Fatir • Oyat 4