Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 114 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 114 • Oʻzbekcha


لَا خَيْرَ فِي كَثِيرٍ مِنْ نَجْوَاهُمْ إِلَّا مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلَاحٍ بَيْنَ النَّاسِ ۚ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَٰلِكَ ابْتِغَاءَ مَرْضَاتِ اللَّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا 114
Tarjima:
Ularning ko`pgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo`q, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim o`sha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulug` ajr berurmiz. An-Nisa 4:114
Tafsir:
Sadaqa qilishgami, shariat va aqlga toʻgʻri keladigan biron yaxshilikkami yoki talashib-tortishayotganlar oʻrtasidagi nizoni isloh etishgami chorlash boʻlmasa, shunchaki odamlarning koʻnglini koʻtarib, xursand qilib qoʻyadigan koʻp quruq gaplardan yaxshilik ham, foyda ham yoʻq. Alloh rizosini istab, shu ishlarni qilgan odamga esa yaqinda ulugʻ savob ato eturmiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 113 Keyingi An-Nisa • Oyat 115