Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 113 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 113 • Oʻzbekcha


وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكَ وَرَحْمَتُهُ لَهَمَّتْ طَائِفَةٌ مِنْهُمْ أَنْ يُضِلُّوكَ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّا أَنْفُسَهُمْ ۖ وَمَا يَضُرُّونَكَ مِنْ شَيْءٍ ۚ وَأَنْزَلَ اللَّهُ عَلَيْكَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُنْ تَعْلَمُ ۚ وَكَانَ فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكَ عَظِيمًا 113
Tarjima:
Agar senga Allohning fazli va rahmati bo`lmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat o`zlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaslar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulug` bo`ldi. Niso 4:113
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissolatu vassalom, agar Alloh fazlu marhamat koʻrsatib, sizni Oʻz panohida asramaganida edi, anavi xoinlardan bir toifasi sizni haqdan adashtirib, adolatsiz hukm chiqarishingizga erishishga uringan boʻlardilar. Ular oʻzlaridan boshqani adashtirolmaydilar. Yoʻldan ozdirishga urinish kabi kasofatlari oʻzlariga uradi. Alloh sizga Quron va sunnatni nozil qilish hamda hidoyat va nurdan talim berish ila sizni Oʻz panohida asradi. Endi ular sizga ozor bera olmaslar. Paygʻambarlikni ato etish va Oʻz panohida asrash kabi Allohning sizga boʻlgan fazlu marhamati buyuk boʻldi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 112 Keyingi Niso • Oyat 114