Sura At-Taghabun (Aldanish kuni — التغابن) (Oyat 9)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U sizlarni «Jamlash kuni»ga to`playdigan kunni eslang. U kun «tag`obun» kunidir. Kim Allohga iymon keltirsa va solih amallar qilsa, uning gunohlarini kechirur va (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Unda abadul-abad qolurlar. Bu ulkan yutuqdir. (9)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Alloh sizlarni qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot berish uchun toʻplagan Qiyomat kunida kofirlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrab, zarar koʻrganlari ayon boʻlur. Zero, moʻminlar doʻzax ahlining jannatdagi joylarini egallasalar, doʻzaxiylar jannat ahlining doʻzaxdagi oʻrnini egallaydilar. Kim Allohga iymon keltirib, yaxshi ish qilgan boʻlsa, Alloh uning yomonliklarini oʻchirib, oʻzini qasrlari va daraxtlari ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlarga kiritadi. U yerlarda abadiy qoladilar. Hech qachon chiqmaydilar. Nematlari hech qachon tugab qolmaydi. Eng buyuk muvaffaqiyat mana shudir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: