Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Taghabun — Oyat 9 (Oʻzbekcha) — Video

At-Taghabun • Oyat 18 dan 9 • Oʻzbekcha


يَوْمَ يَجْمَعُكُمْ لِيَوْمِ الْجَمْعِ ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ التَّغَابُنِ ۗ وَمَنْ يُؤْمِنْ بِاللَّهِ وَيَعْمَلْ صَالِحًا يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّئَاتِهِ وَيُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۚ ذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ 9
Tarjima:
U sizlarni «Jamlash kuni»ga to`playdigan kunni eslang. U kun «tag`obun» kunidir. Kim Allohga iymon keltirsa va solih amallar qilsa, uning gunohlarini kechirur va (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Unda abadul-abad qolurlar. Bu ulkan yutuqdir. At-Taghabun 64:9
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Alloh sizlarni qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot berish uchun toʻplagan Qiyomat kunida kofirlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrab, zarar koʻrganlari ayon boʻlur. Zero, moʻminlar doʻzax ahlining jannatdagi joylarini egallasalar, doʻzaxiylar jannat ahlining doʻzaxdagi oʻrnini egallaydilar. Kim Allohga iymon keltirib, yaxshi ish qilgan boʻlsa, Alloh uning yomonliklarini oʻchirib, oʻzini qasrlari va daraxtlari ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlarga kiritadi. U yerlarda abadiy qoladilar. Hech qachon chiqmaydilar. Nematlari hech qachon tugab qolmaydi. Eng buyuk muvaffaqiyat mana shudir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Taghabun • Oyat 8 Keyingi At-Taghabun • Oyat 10