Kim o`ziga hidoyat ravshan bo`lgandan keyin Payg`ambarga xilof qilsa va mo`minlarning yo`lidan boshqa yo`lga yursa, ketgan tomonga qo`yib qo`yamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy! An-Nisa 4:115 ⧉
Tafsir:
Haqiqat aniq-tiniq koʻrinib boʻlganidan keyin ham yana Paygʻambarga qarshi chiqib, xilof qilgan va moʻminlarning yoʻlidan boshqa yoʻlga ketgan kimsani oʻz holiga qoʻyib qoʻyamiz. Qasddan haqdan yuz oʻgirgani bois, unga tavfiq bermaymiz. Keyin esa uni jahannamga kiritamiz va doʻzax oʻtida yonib azoblanadi. Naqadar yomon oqibat!