Albatta, Alloh O`ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan bo`lur. An-Nisa 4:116 ⧉
Tafsir:
Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmaydi. Mushrik doʻzaxda abadiy qoladi. Shirkdan boshqa gunohlarni Oʻzi istagan bandasi uchun Oʻz fazlu marhamati ila kechiradi. Kim Allohga shirk keltirgan boʻlsa, demak, u haqiqatdan uzoq-uzoqlarga uloqib ketibdi. Chunki u yaratuvchi bilan yaralmishni tenglashtirib qoʻydi.