Otalaringiz o`z nikohlariga olgan ayollarni siz o`z nikohingizga olmang! Avval o`tgan bo`lsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, g`azabnok ish va qanday ham yomon yo`ldir! An-Nisa 4:22 ⧉
Tafsir:
Otalaringiz uylangan ayollarga uylanmangiz. Islom kelishidan yoki musulmon boʻlishingizdan oldin oʻtgan boʻlsa, zarari yoʻq. Oʻgʻilning oʻz otasi uylangan ayolga uylanishi oʻta xunuk, Allohning gʻazabini keltiradigan jirkanch ishdir va yomon yoʻldir.