Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o`zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog`ingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo`lsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yo`q. Va pushtingizdan bo`lgan o`g`illaringizning xotinlari, opa-singilni qo`shib olmog`ingiz harom qilindi. Magar avval o`tgan bo`lsa, mayli. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.
An-Nisa 4:23 ⧉