Sura Luqman (Luqmon — لقمان) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




31 Luqman(لقمان), Oyat 15

وَإِنْ جَاهَدَاكَ عَلَىٰ أَنْ تُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا ۖ وَصَاحِبْهُمَا فِي الدُّنْيَا مَعْرُوفًا ۖ وَاتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَيَّ ۚ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 15 ١٥

Agar ikkovlari seni o`zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo`rlasalar, bas, ularga itoat etma! Va dunyo-da ikkovlariga yaxshilik qil hamda Menga yo`nalganlarning yo`liga ergash. So`ngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, Men sizga nima amal qilganingiz xabarini berurman. (15)

Tafsir
Ota-onang seni Allohga shirk keltirishga majburlasalar, ularga itoat etma. Zero, Yaratuvchiga itoatsizlik boʻladigan ishlarda bandaga itoat etilmas. Ular bilan shu dunyoda yaxshi muomalada boʻl. Yaxshilik qil, holidan xabar ol. Meni bir deb bilgan va Menga itoat etgan kishilarning yoʻliga ergash. Keyin Qiyomat kuni hammangizning qaytib borar joyingiz Mengadir. Oʻshanda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berurman.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin