Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovushdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?! An-Nisa 4:21 ⧉
Tafsir:
Bergan mahrni qanday qilib qaytarib olasizlar? Axir oʻrtangizda yaqinlik, doʻstlik, qovushish, sirlardan ogoh boʻlish kabi munosabatlar boʻlib oʻtdi-ku! Shuncha ishlardan keyin ayolingizning qoʻlidagi oʻzingiz bergan mol-dunyodan umidvor boʻlishingiz oʻta xunuk, manfur ishdir. Axir ular sizdan qatiy ahdu paymon olgan-ku! Allohning nomi va shariati ila oʻzlarini sizlarga bagʻishlaganlar-ku!