Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 20 • Oʻzbekcha


وَإِنْ أَرَدْتُمُ اسْتِبْدَالَ زَوْجٍ مَكَانَ زَوْجٍ وَآتَيْتُمْ إِحْدَاهُنَّ قِنْطَارًا فَلَا تَأْخُذُوا مِنْهُ شَيْئًا ۚ أَتَأْخُذُونَهُ بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُبِينًا 20
Tarjima:
Va agar xotin o`rniga boshqa xotin olmoqchi bo`lsangiz va ularning biriga haddan ziyod mahr bergan bo`lsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni bo`hton va katta gunoh holida olaverasizmi? Niso 4:20
Tafsir:
Ey erlar, bir xotin bilan ajrashib, boshqasiga uylanmoqchi boʻlsangizlar, buning yomon joyi yoʻq. Faqat ajrashmoqchi boʻlib turgan xotiningizga juda katta miqdorda mahr toʻlagan boʻlsangiz ham uni qaytarib olishingiz mumkin emas. Bergan narsangizni qaytarib olishingiz aniq boʻhton va ochiq gunoh hisoblanadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 19 Keyingi Niso • Oyat 21