Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 19 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا يَحِلُّ لَكُمْ أَنْ تَرِثُوا النِّسَاءَ كَرْهًا ۖ وَلَا تَعْضُلُوهُنَّ لِتَذْهَبُوا بِبَعْضِ مَا آتَيْتُمُوهُنَّ إِلَّا أَنْ يَأْتِينَ بِفَاحِشَةٍ مُبَيِّنَةٍ ۚ وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۚ فَإِنْ كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَىٰ أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللَّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًا 19
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalaringizning ba'zisini olish uchun ularni zo`rlik-la ushlab turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko`pgina yaxshiliklarni qilsa. An-Nisa 4:19
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, otalaringizning ayollarini xuddi mol-davlatdek meros qilib olib, ularga uylanish yoki oʻzingiz istagan boshqa birovga uzatish yo turmushga chiqishiga qarshilik qilish kabi ishlarni qilishingiz joiz emas. Oʻzlaringiz yoqtirmagan ayollaringizga mahrining bir qismidan kechishigacha olib borish uchun atayin tazyiq oʻtkazishingiz, zarar yetkazishingiz mumkin emas. Lekin agar ochiq buzuqlik qilsalar, zino qilsalar, bergan mahrlaringizni qaytarib olish uchun yoʻllarini toʻsishingiz ham, ularga tazyiq oʻtkazishingiz ham mumkin boʻladi. Ayollaringiz bilan tinch-totuv yashanglar, ularga ozor bermanglar, yaxshilik qilinglar. Ularni biron dunyoviy ishi uchun yomon koʻrsangizlar, sabr qilinglar. Ehtimol, yomon koʻrgan narsangizga Alloh sizlar uchun dunyoyu oxiratda boʻladigan koʻp yaxshiliklarni joylab qoʻygandir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 18 Keyingi An-Nisa • Oyat 20