Yomonliklarni qilib yurib, birlariga o`lim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida o`lganlarga tavba yo`q. Ana o`shalarga alamli azoblarni tayyorlab qo`yganmiz. An-Nisa 4:18 ⧉
Tafsir:
Gunohni uzluksiz qilib, oʻlimi yaqinlashib qolganida: "Endi qilgan gunohlarimga tavba qildim", deydiganlarning ham, kofirligicha oʻlib ketganlarning ham tavbasi qabul qilinmas. Bunday gunohga mukkasidan ketgan va oʻlguncha ham kofirligida qolganlarga alamli azobni tayyorlab qoʻyganmiz.