Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahqof — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Ahqof • Oyat 35 dan 20 • Oʻzbekcha


وَيَوْمَ يُعْرَضُ الَّذِينَ كَفَرُوا عَلَى النَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَاتِكُمْ فِي حَيَاتِكُمُ الدُّنْيَا وَاسْتَمْتَعْتُمْ بِهَا فَالْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ الْهُونِ بِمَا كُنْتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَبِمَا كُنْتُمْ تَفْسُقُونَ 20
Tarjima:
Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib bo`lgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur. Ahqof 46:20
Tafsir:
Allohga kufr keltirib, paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarganlar doʻzaxga roʻbaroʻ qilinganlarida ularga zugʻum bilan shunday deyilur: "Dunyo hayotingizdagi huzur-halovatingizni oʻtkazib, undagi lazzatlardan foydalanib boʻldingiz. Mana, endi bugun yer yuzida nohaq takabburlik qilib, kufru masiyatlar ila Allohga itoatsizlik qilganingiz tufayli jazoga tortilib, xorlik azobiga giriftor boʻlursizlar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahqof • Oyat 19 Keyingi Ahqof • Oyat 21