Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahqaf — Oyat 21 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahqaf • Oyat 35 dan 21 • Oʻzbekcha


وَاذْكُرْ أَخَا عَادٍ إِذْ أَنْذَرَ قَوْمَهُ بِالْأَحْقَافِ وَقَدْ خَلَتِ النُّذُرُ مِنْ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا اللَّهَ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ 21
Tarjima:
O`z qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar o`tgan. «U zotdan o`zgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulug` kunda boshingizga tushadigan azobdan qo`rqurman, (dedi)». Al-Ahqaf 46:21
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Odning birodari Hudni eslang. U oʻz qavmini Allohning azobiga duchor boʻlib qolishdan ogohlantirgandi. Ular arab jazirasining janubidagi qumtepalarda yashardilar. Huddan oldin ham, keyin ham oʻz qavmini azobdan ogohlantirgan paygʻambarlar oʻtgan. Ular oʻz qavmlariga shunday deganlar: "Yolgʻiz Allohgagina ibodat qilinglar! Undan boshqa hech kimga, hech narsaga ibodat qilmanglar! Ey qavmim, sizlarning boshingizga ulugʻ kunning, Qiyomat kunining azobi tushib qolishidan xavotirdaman".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahqaf • Oyat 20 Keyingi Al-Ahqaf • Oyat 22