Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi? Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir», dedilar. Ahqof 46:22 ⧉
Tafsir:
Unga qavmi dedi: "Bizni xudolarimizga ibodat qilishdan burib yuborish uchun keldingmi? Hech qachon bu ishni qila olmaysan. Agar davoying rost boʻlsa, oʻsha aytayotgan, vada qilayotgan azobingni olib kelaver".