Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir. Va ularga amallarining (mukofot yoki jazosi) to`liq berilur va ularga zulm qilinmas. Ahqof 46:19 ⧉
Tafsir:
Har ikki guruh uchun, doʻzaxiylar uchun ham, jannatiylar uchun qilgan ishlariga yarasha darajalar bor. Janntiylar oliy darajalarda boʻlsalar, doʻzaxiylar quyi darajalarda boʻladilar. Alloh ularning qilgan amallariga yarasha jazolaydi yoki mukofotlaydi. Qiyomat kuni ularga zulm qilinmaydi. Yaxshiliklari kamaytirib yuborilmaydi, yomonliklari koʻpaytirib yuborilmaydi.