Ey, iymon keltirganlar! Ovozingizni Payg`ambar ovozidan yuqori ko`tarmang va unga bir-biringiz ila so`zlashgandek dag`al so`z aytmang, o`zingiz sezmagan holda amallaringiz habata bo`lib qolmasin. Hujurot 49:2 ⧉
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirib, U Zotning shariatiga amal qiladiganlar, Paygʻambarning oldida odob bilan turinglar. Ovozingizni u zoti bobarakotning ovozidan balandlatib yubormanglar. Bir-biringizni chaqirganingizdek, u zotning nomini aytib chaqirmanglar. U kishiga odob bilan, muloyimlik bilan, Paygʻambar, Nabiy, deb murojaat qilinglar. Tagʻin bilib-bilmasdan qilgan amallaringizning savobini habata ketkazib oʻtirmanglar.