Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 31 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 31 • Oʻzbekcha


قَدْ خَسِرَ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِلِقَاءِ اللَّهِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءَتْهُمُ السَّاعَةُ بَغْتَةً قَالُوا يَا حَسْرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطْنَا فِيهَا وَهُمْ يَحْمِلُونَ أَوْزَارَهُمْ عَلَىٰ ظُهُورِهِمْ ۚ أَلَا سَاءَ مَا يَزِرُونَ 31
Tarjima:
Allohga ro`baro` bo`lishni yolg`on deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. Hattoki, to`satdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U(dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar bo`lsin», derlar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a! Al-An'am 6:31
Tafsir:
To Qiyomat toʻsatdan kelib qolguniga qadar qayta tirilishni yolgʻon deb, Alloh huzurida turishni esa boʻlishi mumkin emas ish deb bilganlar aniq ziyonga uchradilar. Oʻshanda ular gunohlarini orqalab olib, afsus-nadomatlar chekib: «Udunyoda qilgan loqaydligimizga, Qiyomat kuni uchun tayyorgarlik koʻrib olmaganimizga, kufru isyonimizga hasrat-nadomatlar boʻlsin», derlar. Ular naqadar yomon narsani orqalab yuradilar-a!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 30 Keyingi Al-An'am • Oyat 32