Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 30 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 30 • Oʻzbekcha


وَلَوْ تَرَىٰ إِذْ وُقِفُوا عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ قَالَ أَلَيْسَ هَٰذَا بِالْحَقِّ ۚ قَالُوا بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا الْعَذَابَ بِمَا كُنْتُمْ تَكْفُرُونَ 30
Tarjima:
Allohning huzurida to`xtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» – deganida, «Robbimizga qasamki, haqdir», deganlarini, U: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», deyishini ko`rsang edi. Al-An'am 6:30
Tafsir:
Ey Paygʻambar, qayta tirilishni inkor qiladiganlar Parvardigorlari huzurida turgʻizib qoʻyilganlarida qiziq bir manzaraning guvohi boʻlasiz. Oʻshanda Alloh ularga: "Mana, sizlar yolgʻonga chiqarayotgan bu qayta tirilish shak-shubhasiz rost ekanmi?!", deydi. Ular: "Bizni yaratgan Rabbimizga qasamki, ha, shak-shubhasiz haq ekan", deydilar. Shunda Alloh ularga: "Mana endi shu kunni inkor qilganingiz uchun azobni totingiz, dunyo hayotida bu kunni yolgʻon degandingiz", deydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 29 Keyingi Al-An'am • Oyat 31