Bu dunyo hayoti o`yin-kulgudan o`zga hech narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi? An'om 6:32 ⧉
Tafsir:
Sizlar yopishib olgan bu dunyo hayoti Allohning rizosi yoʻlida harakat qilmaydiganlar uchun bir nafaslik oʻyin-kulgi, chalgʻishdan boshqa narsa emas. Allohdan taqvo qilib, iymon keltirgan, buyurilgan amallarni bajargan hamda shirk va masiyat kabi taqiqlangan ishlardan tiyilgan zotlar uchun esa oxirat diyori yaxshiroqdir. Ey mushriklar, aqlingizni ishlatib, iymonga kelsangiz va yaxshi amallarni qilsangiz boʻlmaydimi?