Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 33 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 33 • Oʻzbekcha


قَدْ نَعْلَمُ إِنَّهُ لَيَحْزُنُكَ الَّذِي يَقُولُونَ ۖ فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَلَٰكِنَّ الظَّالِمِينَ بِآيَاتِ اللَّهِ يَجْحَدُونَ 33
Tarjima:
Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolg`onchiga chiqarayotganlari yo`q, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar. An'om 6:33
Tafsir:
Ey Paygʻambar, zohirda ular sizni yolgʻonchiga chiqarayotgandek koʻrinadilar va bu narsa sizni xafa qilayotganini yaxshi bilamiz. Bilingki, aslida ular sizni yolgʻonchiga chiqarayotganlari yoʻq. Chunki sizning rostgoʻy va omonatga xiyonat qilmaydigan halol odam ekaningizni juda yaxshi biladilar. Lekin ular zolimlardirki, ichlarida sizga ishonsalar ham zohirda inkor qilaveradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 32 Keyingi An'om • Oyat 34