Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 4

وَالَّذِينَ يَرْمُونَ الْمُحْصَنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَأْتُوا بِأَرْبَعَةِ شُهَدَاءَ فَاجْلِدُوهُمْ ثَمَانِينَ جَلْدَةً وَلَا تَقْبَلُوا لَهُمْ شَهَادَةً أَبَدًا ۚ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ 4 ٤

Pokiza ayollarga (bo`hton) toshi otib, so`ngra to`rtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar. Ana o`shalar fosiqlardir. (4)

Tafsir
Oʻzini zinodan saqlab yurgan pokiza ayollarni, (pokiza erkaklarni ham) zinokorlikda ayblab, tuhmat qilib, keyin shu ish boʻlganiga toʻrt guvoh keltirmaganlarni sakson darra uringiz va hech qachon ularning guvohligini qabul qilmangiz. Ana oʻshalar Allohga itoat qilmaydigan fosiqlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin