Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 34 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 34 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِنْ قَبْلِكَ فَصَبَرُوا عَلَىٰ مَا كُذِّبُوا وَأُوذُوا حَتَّىٰ أَتَاهُمْ نَصْرُنَا ۚ وَلَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَاتِ اللَّهِ ۚ وَلَقَدْ جَاءَكَ مِنْ نَبَإِ الْمُرْسَلِينَ 34
Tarjima:
Sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kelguncha yolg`onchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning so`zlarini o`zgartiruvchi yo`q. Batahqiq, senga Payg`ambarlarning xabari kelgan. Al-An'am 6:34
Tafsir:
Yolgʻonchiga chiqarish siz olib kelgan ishning oʻzigagina xos, deb oʻylamang. Sizdan oldingi paygʻambarlar ham yolgʻonchiga chiqarilganlar. Qavmlari ularga ham ozor yetkazganlar. To Alloh tarafidan nusrat kelguniga qadar davat va Alloh uchun jihod yoʻlida sabru bardosh bilan ish olib borganlar. Alloh taoloning nusrat va paygʻambarlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi yozigʻini hech kimsa hech qachon oʻzgartira olmaydi. Ey Paygʻambar, sizga oldingi paygʻambarlarning qavmlaridan qanday musibatlarga yoʻliqqanlari, keyin esa Alloh dushmanlarini halok qilib, ularga nusrat bergani haqidagi xabarlar kelgan-ku.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 33 Keyingi Al-An'am • Oyat 35