Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 35 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 35 • Oʻzbekcha


وَإِنْ كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ اسْتَطَعْتَ أَنْ تَبْتَغِيَ نَفَقًا فِي الْأَرْضِ أَوْ سُلَّمًا فِي السَّمَاءِ فَتَأْتِيَهُمْ بِآيَةٍ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى الْهُدَىٰ ۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْجَاهِلِينَ 35
Tarjima:
Agar senga ularning yuz o`girishlari og`ir botayotgan bo`lsa, qodir bo`lsang, yer ostidan yo`l qilib yoki osmonga narvon qo`yib, ularga oyat-mo`'jiza keltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan bo`lma. Al-An'am 6:35
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizga ularning yolgʻonchiga chiqarayotganlari va siz olib kelgan haqdan yuz oʻgirayotganlari ogʻirlik qilayotgan boʻlsa, qoʻlingizdan kelsa, Bizning yordamimizni kutmasdan, oʻzingiz yer ostidan bir yoʻl qilib yoki osmonga narvon qoʻyib, ularga hujjatu dalillaringizni keltiravering. Alloh xohlaganida, ularni siz olib kelgan hidoyat ustida birlashtirib qoʻygan boʻlardi. Lekin U Oʻzi bilgan bir yetuk hikmat sababli buni istamadi. Shuni bilmaydigan, anglamaydigan johillardan boʻlib, ular iymon keltirmaganiga hasratu nadomat ila oʻzingizni tugatib qoʻymang.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 34 Keyingi Al-An'am • Oyat 36