Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi, degan, yoxud Alloh nozil qilgan narsaga o`xshash narsani men ham nozil qilaman, degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning o`lim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qo`l cho`zib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», – degandagi hollarini ko`rsang edi.
Al-An'am 6:93 ⧉