Bu, Biz tushirgan kitob, muborakdir, o`zidan oldingini tasdiqlovchidir. Ummul Quro (shaharlar onasi) va uning atrofini ogohlantirishing uchundir. Oxiratga iymon keltirganlar unga iymon keltirurlar. Va ular namozlarini muhofaza qilurlar. An'om 6:92 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, bu Quron oʻzidan oldingi samoviy kitoblarni tasdiqlaydigan bir kitobdirki, siz u bilan Makka ahlini ham, yerning mashriqiyu magʻribidagi boshqalarni ham Allohning azobidan ogohlantirasiz. Toki, ular hidoyat topsinlar. Oxirat hayotiga ishonadigan kishilar bu Quronga ham iymon keltirib, uning koʻrsatmalariga amal qiladilar hamda namozlarini oʻz vaqtida farzlari, ruknlari, mustahablariga toʻla rioya etib, toʻkis ado etish ila asrab-avaylaydilar.