Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-An'am — Oyat 94 (Oʻzbekcha) — Video

Al-An'am • Oyat 165 dan 94 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ جِئْتُمُونَا فُرَادَىٰ كَمَا خَلَقْنَاكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَتَرَكْتُمْ مَا خَوَّلْنَاكُمْ وَرَاءَ ظُهُورِكُمْ ۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمْ شُفَعَاءَكُمُ الَّذِينَ زَعَمْتُمْ أَنَّهُمْ فِيكُمْ شُرَكَاءُ ۚ لَقَدْ تَقَطَّعَ بَيْنَكُمْ وَضَلَّ عَنْكُمْ مَا كُنْتُمْ تَزْعُمُونَ 94
Tarjima:
Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar o`zingizcha sherik deb o`ylagan shafoatchilaringizni ko`rmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz da'vo qilgan narsa g`oyib bo`ldi. Al-An'am 6:94
Tafsir:
Qayta tirilish kuni ularga shunday deyiladi: "Mana bugun Bizning huzurimizga yolgʻiz oʻzingiz kelyapsiz. Mol-davlatingiz ham, zoʻrligingiz ham ortda qoldi. Yangi tugʻilgan paytingizda qanday boʻlsangiz, xuddi oʻshanday qip-yalangʻoch qoshimizda turibsiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirishga majbur boʻlgansiz. Nimagadir oʻzingizcha, bizga vositachilik qiladi, deb bilgan xudolaringizni koʻrmayapmiz?! Ularni Allohga sherik qilib, mabud bilgan edingiz, shekilli?! Orangiz uzildi. Oʻsha ishonganlaringiz sizdan yuz oʻgirib ketdi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-An'am • Oyat 93 Keyingi Al-An'am • Oyat 95