Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi Zotdir. U, o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib ketyapsiz?! Al-An'am 6:95 ⧉
Tafsir:
Urugʻni yorib, undan ekinlarni chiqaradigan, danaklardan xurmo, uzum kabi daraxtlarni paydo qiladigan zot - yolgʻiz Allohdir. U Zot oʻlikdan tirikni chiqaradi. Inson va boshqa hayvonlarni bir tomchi jonsiz suyuqlikdan paydo qiladi. Oʻlik tuxumdan tirik joʻjani yaratadi. Tirikdan esa oʻlikni chiqaradi. Oʻsha oʻlik bir tomchi suyuqlikni tirik inson yoki hayvondan chiqaradi. Shu ishlarning hammasini Alloh qiladi. Ey mushriklar, shuncha ajoyibotlarni koʻra-bila turib, yana qanday qilib haqdan yuz oʻgirasizlar?!