Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An'om — Oyat 96 (Oʻzbekcha) — Video

An'om • Oyat 165 dan 96 • Oʻzbekcha


فَالِقُ الْإِصْبَاحِ وَجَعَلَ اللَّيْلَ سَكَنًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ حُسْبَانًا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ 96
Tarjima:
U, subhni yoritguvchi Zotdir. U, tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qo`ydi. Bu esa, g`olib va yaxshi bilguvchi Zotning o`lchovidir. An'om 6:96
Tafsir:
Alloh subhonahu kechani yorib, undan kunduzini chiqardi. Tiriklik koʻyida yurib charchagan tana xordiq chiqarishi uchun tunni oromgoh qilib berdi. Quyosh va oyni muayyan hisob bilan yuradigan qilib qoʻydi. Mana shu gʻaroyib ishlarning hammasi barchadan Gʻolib, Aziz Zotning, Oʻzi yaratgan maxluqotlarni ham, ular uchun nima yaxshi boʻlishini ham juda yaxshi biladigan Zotning sanatidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An'om • Oyat 95 Keyingi An'om • Oyat 97