U sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida yo`l topishingiz uchun yulduzlarni qilib qo`ygan Zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qo`yganmiz. Al-An'am 6:97 ⧉
Tafsir:
Ey Odam bolalari, quruqligu dengizdagi safarlaringizda yoʻl topolmay, sarson boʻlmasligingiz uchun Alloh subhonahu sizlarga osmondagi yulduzlarni yaratdi. Biz qudratimizga dalolat qiladigan oyat-alomatlarni ular haqida fikr yuritib, ulardan foydalana oladigan odamlar uchun bayon qildik.