Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 63 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 63 • Oʻzbekcha


أَوَعَجِبْتُمْ أَنْ جَاءَكُمْ ذِكْرٌ مِنْ رَبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِنْكُمْ لِيُنْذِرَكُمْ وَلِتَتَّقُوا وَلَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ 63
Tarjima:
O`zingizdan bo`lgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi. A'rof 7:63
Tafsir:
Oʻzlaringizdan boʻlgan bir odamning tilidan sizlarga vahiy va nasihat kelsa, shunga ajablanasizlarmi? Axir u oʻzlaringizning orangizda katta boʻlgandi-ku. Biron marta yolgʻon gapirmagandi-ku, zalolat yoʻliga yurmagandi-ku. U xuddi sizlarga oʻxshagan odam edi-ku. Tanib olish qiyin boʻlgan boshqa bir maxluq emasdi-ku. U sizlarni haqni yolgʻonga chiqarib, osiylik qiladigan boʻlsangizlar, Allohning azobiga giriftor boʻlishingizdan ogohlantirish hamda Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilishga chorlash uchun kelgan. U bu ishlarni sizlarga rahm qilinishini koʻzlab, sizlarning foydangizni oʻylab qiladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 62 Keyingi A'rof • Oyat 64