Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman, nasihat qilaman va Alloh tomonidan siz bilmagan narsani bilaman. A'rof 7:62 ⧉
Tafsir:
Sizlarga Alloh menga vahiy qilgan risolatni yetkazaman. Sizlarni Allohning buyruqlariga boʻysunish va uning natijasida keladigan savobga targʻib qilish hamda Allohning taqiqlaridan qaytarish va uning oqibatida yuz beradigan jazodan, azobdan ogohlantirish bilan sizlarga faqat ezgulikni sogʻinaman. Menga Alloh vahiy yoʻli bilan talim bergani uchun sizlar bilmagan narsalarni bilaman.