Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 16 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 16 • Oʻzbekcha


أَمْ حَسِبْتُمْ أَنْ تُتْرَكُوا وَلَمَّا يَعْلَمِ اللَّهُ الَّذِينَ جَاهَدُوا مِنْكُمْ وَلَمْ يَتَّخِذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلَا رَسُولِهِ وَلَا الْمُؤْمِنِينَ وَلِيجَةً ۚ وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ 16
Tarjima:
Sizdan jihod qilganlarni, Allohdan, Uning Rasulidan va mo`minlardan o`zgani do`st tutmaganlarni bilmay turib, Alloh tomonidan tark etib qo`yilmog`ingizni o`yladingizmi? Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardor Zotdir. At-Tawbah 9:16
Tafsir:
Ey moʻminlar, Alloh sizlarni sinamasdan, tek tashlab qoʻyadi, deb oʻyladingizmi? Sinov kelishi ilohiy qonuniyatdirki, u bilan Alloh Oʻzini, Paygʻambarini va moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmaydigan, xolis Alloh uchun jihod qiladigan mujohidlarni bilib oladi. Alloh hamma ishlaringizdan xabardordir. Hech narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Yaqinda qilgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 15 Keyingi At-Tawbah • Oyat 17